Ronaldu qilgan ishni Messi uddalay olmayapti

  • 20 sentabr, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbolning eng yorqin yulduzlari – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi taqdir taqozosi bilan yangi mavsumni yangi jamoada o‘tkazmoqda. Hozircha, Ronaldu “Manchester Yunayted”, Messi PSJ tarkibida uchtadan uchrashuvda qatnashdi.

Tecno

Argentinalik yulduz Parij klubida yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmayapti. “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda ham bir necha qulay vaziyatni barbod qildi. U hali yangi jamoasi uchun birorta gol ura olgani yo‘q.

Krishtianu Ronaldu esa “Manchester Yunayted”dagi gollar seriyasini davom ettirmoqda. Portugaliyalik hujumchi Premer ligada “Nyukasl”ga ikkita, “Vest Xem”ga bitta gol urdi. Chempionlar ligasida “Yang Boyz” darvozasini ishg‘ol qildi. Ronaldu yangi jamoada uchta uchrashuvda to‘rtta gol.  

Ronalduning Messidan ustun jihati shundaki, u har qanday ligada o‘z o‘rnini topa oladi. Messi esa yaqingacha faqat “Barselona”da o‘ynagan va yangi jamoaga ko‘nikishi qiyin kechayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
20/09/2021 23:13
Мессий учун ёзилган ва айтилган мақол бу ---
Дараҳт бир жойда кўкаради.
Раналду---- Бу синовларда тобланган ўғлон.
&
Бухорий Шариф
20/09/2021 23:04
Раналдуга етиш учун Мессига анча бор ҳали. Криштиану бўлиш ҳаммага ҳам эмас. Мессийвой, парот қилиб ҳол қўйди. Порот месси ҳайф сенга СR7 дан ортиқ олган олтин тўпларинг мессий!!! Мен учун Криштиану 10 талаб олтин тўп эгаси. Мессий 1 тийин.