
Ronaldu qanaqa futbolchilarni yoqtirmasligini aytdi
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtiany Ronaldu qanday futbolchilarni yoqtirmasligini ochiq aytdi.
- Portugaliya terma jamoasida o‘ynashni istamaydigan futbolchilar g‘ashimga tegadi. Vaqt o‘tyapti, mazza qilib terma jamoada o‘ynamaysanmi?!
O‘z mamlakati va milliy madaniyatini namoyish qilishdan zo‘r narsa yo‘q, - dedi Krishtianu Ronaldu.
39 yoshli Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p – 908 ta gol urgan futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Krishtianu o‘z mamlakati terma jamoasida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazish va gol urish bo‘yicha ham rekordchiga aylangan.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 216 marotaba o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 133 marta ishg‘ol qilgan.
Fikrlar