
Ronaldu qaerda o‘ynaydi? Qiyin tanlov qiladigan payt keldi
Jahon futbolida eng ko‘p – 936 ta gol urgan Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.
Ayni paytda 40 yoshli hujumchi FIFAning yangi formatdagi jahon chempionatida qatnashadigan klublardan qisqa muddatli shartnoma bo‘yicha taklif olmoqda.
Biroq Ronaldu faoliyatini yana davom ettirmoqchi va uzoq muddatli bitim kutyapti.
Footmercato nashrining yozishicha, portugaliyalik to‘purar oldidagi variantlar orasidan ikkitasi alohida ahamiyatga ega.
Birinchisi, “An-Nasr” rahbariyati o‘z yulduziga yangi bitim berib bo‘ldi va Ronalduning yakuniy javobini kutmoqda.
Ikkinchisi, Neymar bilan xayrlashganidan keyin mashhur yulduzlardan birini olishga bel bog‘lagan “Al-Hilol” bu masalani Ronaldu yordamida hal qilmoqchi. “Al-Hilol”ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi bu jamoaga ustunlik berishi aytilyapti.
Chunki Ronaldu FIFAning tarixiy yangi musobaqasida ishtirok etishni orzu qilyapti va “An-nasr”dan farqli ravishda “Al-Hilol” unga bu imkoniyatni taqdim eta oladi.
Fikrlar