Ronaldu qachongacha futbol o‘ynashi aniq bo‘ldi

  • 19 may, 10:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi. 40 yoshli hujumchi hali faoliyatini to‘xtatmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Taniqli insayder Nkola Skiraning yozishicha, Ronaldu kamida 2027 yilning yozigacha professional faoliyatini davom ettiradi.

Portugaliyalik yulduz tez orada qaysi klubga o‘tishini hal qilishi kutilmoqda. Chunki “An-Nasr” bilan amaldagi shartnoma bir oydan keyin o‘z nihoyasiga etadi.

Manbaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu oldida bir nechta taklif bor va u tanlovni amalga oshirishi lozim.

Krishtianuning birinchi maqsadi – 2026 yilgi jahon chempionatiga bor, mundiallarda olti marotaba qatnashgan yagona futbolchi sifatida rekord qo‘yish. Bundan tashqari, mohir to‘purar professional darajada urgan gollari sonini 1000 taga etkazib qo‘ymoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!