
Ronaldu Pelega etib oldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionati 25-turida "Spetsiya"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu gol Portugaliya terma jamoasi sardori uchun rasmiy uchrashuvlardagi 766-gol bo‘ldi.
36 yoshli futbolchi rasmiy turnirlarda gol urish bo‘yicha Pelega etib oldi va futbol tarixida Yozef Bikana (805) va Romariodan (772) keyin uchinchi pog‘onaga joylashib oldi.
Fikrlar