Ronaldu o‘zi uchun eng qadrli kubokni aytdi

  • 14 yanvar, 2023, 08:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Al-Nassr" futbolchisiga aylangan hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘zining sovrinlari ichida eng muhimini tanladi.

Tecno

"Ehtimol, "Evro-2016" kubogi faoliyatim davomida qo‘lga kiritgan eng muhim unvon bo‘lsa kerak. O‘zing o‘sib-ulg‘aygan mamlakating uchun nimadir yutish bu eng ajoyib tuyg‘u", - dedi portugaliyalik futbolchi "LiveScore" portaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Evro-2016" finalida Portugaliya terma jamoasi finalda Frantsiyani mag‘lub etgandi. Krishtianu Ronaldu o‘yin boshida jarohat olgan.

"Oxirida quvonchni, keyin qayg‘uni, keyin yana quvonchni his qildim. Jarohatdan keyin maydonni yig‘lab tark etdim. Tizzam shishganidan juda asabiy edim", - deb eslaydi hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!