Ronaldu “otdan tushsa ham, egarda qolishni” istaydi

  • 22 noyabr, 2022, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati oxiriga etgani tobora oydinlashib bormoqda.

Tecno

Hammani portugaliyalik yulduz faoliyatini qaerda davom ettirishi qiziqtirayotgani bor gap. Unga AQSh, Avstraliya va arab mamlakatlari jamoalaridan taklif bor.

Taniqli jurnalist Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, Ronaldu Manchesterdan ketgan taqdirda ham Evropada qolmoqchi. Krishtianu jahon chempionatidan keyin bor e’tiborini Evropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoa topishga qaratadi.

37 yoshli hujumchi “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida 140 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, PSJ, “Bavariya”, “Inter” futbol tarixidagi eng zo‘r to‘purar bilan hamkorlik qilmoqchi emasligi haqida bayonot bergan.

Ronalduga “Chelsi” qiziqib turgani haqida xabarlar ham tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!