Ronaldu o‘tadigan navbatdagi jamoa nomi oshkor bo‘ldi

  • 11 noyabr, 2021, 10:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyaning The Sun nashri “Manchester Yunayted” yulduzi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumda boshqa jamoaga o‘tishi haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Tecno

Ma’lumki, “Yuventus”dan ketganidan keyin portugaliyalik to‘purar manchesterliklar bilan 2023 yilning yozigacha bitim tuzgan edi. Biroq, Ronaldu agar “Manchester Yunayted” joriy mavsumda Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, u muddatidan avval klubdan ketishini aytdi.

Manchesterliklarda Krishtianuni yozda 30 million evroga sotib yuborish imkoni bor. Ronalduga hozirdan uchta superklub – “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Nyukasl” og‘iz solmoqda.

Ronaldu uchun keyinchi jamoasi Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishga qodir bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Eng maqbul variant sifatida “Manchester Siti” tilga olinmoqda. Xosep Gvardiola yozda ham Ronalduni olishni istagan edi.  Serxio Aguero ketganidan keyin “shaharliklar”ning ko‘p gol ura oladigan to‘purarga ehtiyoji ortib bormoqda.

Bu borada ko‘p narsa “Manchester Yunayted”ning mavsumni qanday davom ettirishi va yakunda qaysi o‘rinni egallashiga bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!