
Ronaldu o‘rniga hali tanilmagan hujumchi olinadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati hamon hujumchi pozitsiyasiga yangi o‘yinchi qidiryapti. Manchesterliklar nishoniga “Atletiko” forvardi Mateus Kunya tushdi.
23 yoshli futbolchi Braziliyaning “Koritiba” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va Evropaga 2017 yilda kelgan.
Yosh o‘yinchi “ko‘hna qit’a”dagi faoliyatini Shveytsariyaning “Son” jamoasidan boshladi. Bir yildan keyin “Leyptsig” bilan shartnoma tuzib, ikki mavsumdan so‘ng “Gerta”ga ko‘chib o‘tdi.
Mateus bir yil muqaddam “Atletiko” safiga qo‘shildi va La Ligadagi debyut mavsumida 26 ta uchrashuvda oltita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Faoliyati davomida 162 marotaba maydonga tushib, 39 ta gol urgan va jamoadoshlariga 28 ta golli pas uzatgan futbolchi 30 million evroga baholanmoqda. Biroq, “Atletiko” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dodi sohibini “Manchester Yunayted”ga 50 million evroga sotmoqchi.
Fikrlar