
Ronaldu olamshumul rekordni qayd etdi
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tarixiy rekord qayd etdi. Statistika portallarining ma’lum qilishicha, 39 yoshli yulduzning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 1 milliardga etdi.
Krishtianu bu ko‘rsatkichga erishgan dunyodagi yagona odam.
Jahon futbolining eng yaxshi to‘purari ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviyligini quyidagicha izohladi.
- Biz 1 milliard obunachi bilan yangi tarix yaratdik. Bu faqatgina raqamlar emas, balki futbolga bo‘lgan umumiy ishtiyoqimiz, maydondan tashqarida ham ushbu o‘yinni yaxshi ko‘rishimiz ifodasidir.
Menga bo‘lgan ishonchingiz, meni qo‘llab-quvvatlab turganingiz, hayotimning bir bo‘lagiga aylanganingizdan minnatdorman, - deb yozdi Ronaldu o‘z sahifasida obunachilarga.
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Ronaldu futbolchilik faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Yuventus” va “An-Nasr” jamoalarida to‘p tepgan.
Fikrlar