
Ronaldu nishonni bexato urdi
Futbolda penalti tepish qo‘shimcha mas’uliyat talab etadi. Har qanday futbolchi ham yurak yutib, 11 metrlik nuqtaqa yaqinlasha olmaydi.
Biroq “An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu bu ishning ustasiga aylangan. Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida portugaliyalik 39 yoshli hujumchi “Al-Vahda” darvozasini penaltidan ishg‘ol qildi.
Ronaldu “An-Nasr”ga kelganidan beri 17 marotaba nuqtaga yaqinlashdi va to‘pni darvoza to‘riga joylashda biror marta xato qilgani yo‘q. Shu tariqa, uning penaltidan urgan gollari soni 166 taga etdi. Umumiy hisobda esa, bu ko‘rsatkichga erishish uchun 196 marotaba penalti tepgan.
Krishtianuning ashaddiy raqibi Lionel Messining bu borada ko‘rsatkichlari biroz pastroq. Argentinalik charm to‘p ustasi faoliyati davomida 140 ta penaltidan 109 tasini aniq bajargan.
Fikrlar