
Ronaldu nega YouTube kanal ochganini izohladi
“An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YouTube’da shaxsiy kanalini ochish sabablari haqida gapirdi.
“Menda uzoq vaqtdan beri kanal yaratish g‘oyasi bor edi, lekin o‘tgan yili men uni ishga tushirish zaruratini his qildim. Keyin strategiya va ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan jamoa tuzildi.
YouTube menga butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarimni qamrab olishimga imkon beradi. Bu kanal menga sayyoramizning istalgan nuqtasidagi eng yosh odamlar bilan ham bog‘lanish imkonini beradi. Bu yo‘lda menga hamroh bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman.
Men ushbu kanal orqali mashg‘ulotlarimni, qarashlarimni, nafaqat futbol olamidagi, balki undan tashqaridagi do‘stlarim bilan ham suhbatlarimni ko‘rsatmoqchiman. Men maydon tashqarisida sodir bo‘lgan ko‘plab voqealarni muxlislarim bilan bo‘lishmoqchiman”, - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ta’kidlash kerakki, Ronalduning YouTube kanali bir necha kun ichida millionlab obunachilarni jamlay oldi va katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Fikrlar