
Ronaldu nega "An-Nasr"ning kechagi o‘yinini ham o‘tkazib yubordi?!
Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning yangi bosh murabbiyi qaroriga ko‘ra yana saudiya jamoasining bellashuvini o‘tkazib yubordi.
Saudiya Arabistoni Qirol kubogi 1/16 finalida "An-Nasr" safarda "Al-Hazem"ni mag‘lub etdi(2:1). Krishtianu mazkur o‘yin uchun hatto qaydnomaga ham kiritilmadi.
Bu jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli tashabbusi bilan sodir bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis 39 yoshli sardorga milliy chempionat va Osiyo chempionlar ligasidagi muhim uchrashuvlar oldidan dam berishga qaror qildi.
Ronalduning o‘zi esa, mazkur holatlarga izoh bermagan.
Fikrlar