
Ronaldu MYuda kimni murabbiy sifatida ko‘rishni xohlayotgani ma’lum. Bu Zidan emas
"Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherning iste’fosidan so‘ng yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
"Sky Sports" jurnalisti Rob Dorsetning yozishicha, Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar"ni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike boshqarishini istayapti.
Avvalroq, "Yunayted" murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida Mauritsio Pochettino, Zinedin Zidan, Erik Ten Xag, Brendon Rojers, Yulen Lopetegi va Loran Blan kabi mutaxassislar tilga olinayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassisning "qizil furiya" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil dekabr oyida yakuniga etadi.
Fikrlar