Ronaldu muxlislari uchun muhim xabar

  • 11 noyabr, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda koronavirusdan tuzalgan Krishtianu Ronaldu A Seriyada “Latsio”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda to‘pig‘idan  jarohat olib, o‘yinni erta tark etgan edi.

Tecno

Keyinroq, Andrea Pirlo ham jamoa etakchisi jarohat olganini tasdiqladi.

Endi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Ronaldu jarohatidan qutilib, yig‘inga etib kelganini ma’lum qildi.

- Ronaldu umumiy guruhda shug‘ullandi. Hech narsadan shikoft qilgani yo‘q. Demak, jarohatidan qutilgan va muammo bo‘lishi mumkin emas. U oldindagi uchta uchrashuvda ham maydonga tushishga tayyor, - dedi Santush.

Krishtianu Portugaliya terma jamoasining 11 noyabr kuni bo‘ladigan Andorra qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Keyin esa portugaliyaliklar UEFA Millatlar ligasi doirasida Frantsiya va Xorvatiyaga qarshi rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!