Ronaldu muxlislarga nega bunday ishora qildi?

  • 22 sentabr, 2024, 16:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi “Al-Ittifoq”ga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga gol urdi. Bu o‘yinda portugaliyalik yulduz 33-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Tecno

Goldan so‘ng Ronaldu o‘zining odatiy nishonlashini amalga oshirdi va keyin tribuna tomon uchta barmog‘ini ko‘rsatib ishora qildi. ESPN xabariga ko‘ra, bu ishora Ronalduning o‘g‘li, kichik Krishtianuga qaratilgan. 39 yoshli futbolchi o‘sha kuni o‘g‘li bilan uchta gol urganiga ishora qilgan bo‘lishi mumkin.

Uchrashuvdan oldin kichik Krishtianu "An-Nasr"ning U15 jamoasi tarkibida dubl qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!