Ronaldu muvaffaqiyatga erishishning yagona sirini ochdi

  • 18 aprel, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy futbolda juda katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan, xalqaro miqyosda eng ko‘p to‘p kiritgan va gol urish bo‘yicha minglik dovonga yaqinlashib borayotgan rekordchi hisoblanadi.

40 yoshli futbolchining hamon yuqori saviyada o‘ynayotgani, jismoniy holati va samaradorligini uzoq muddatdan beri ushlab turgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Shu bois, Ronaldu muvaffaqiyatlari sirini ochdi.

- Mashaqqatli mehnat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Ronaldu gol urishda ham, pul topishda ham etakchi o‘yinchilardan hisoblanadi. “An-Nasr” portugaliyalik yulduzning bir yillik mehnati uchun 200 million evro atrofida xizmat haqi to‘lamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!