
Ronaldu Modrichni "An-Nasr"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
Luka Modrich "Real" bilan xayrlashishga yaqin. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, tajribali yarim himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Modrichning yangi klubi "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "An-Nasr" bo‘ladi. Portugaliyalik hujumchi Luka bilan muzokaralar olib bordi va sobiq jamoadoshini hozirgi klubiga o‘tishni taklif qildi. Agar 38 yoshli xavbek Saudiyadaga ko‘chib o‘tsa, uning maoshi yiliga 30 million evro atrofida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich 2012 yilning yozidan beri Madrid grandi safida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar