
Ronaldu maydonga qaytolmaydi
Koronavirusga chalingan Krishtianu Ronaldu ma’lum muddat davolanganidan keyin ikkinchi marotaba test topshirdi. Bu gal ham tekshiruvlar futbolchi organizmida virus borligini ko‘rsatdi.
13 oktyabrdan beri koronavirusga qarshi kurashayotgan Krishtianu hozircha o‘zini yaxshi his qilmoqda. U yakka tartibda shug‘ullanib, sport formasini ushlab turishga harakat qilmoqda.
Ronaldu virusni Portugaliya terma jamoasi yig‘inida yuqtirib olgan edi.
Fikrlar