Ronaldu: "Manchester Yunayted"ning hozirgi holati mening ko‘nglimni ranjityapti"
Sobiq "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning hozirgi holatini tanqidiy baholadi.
– Mening ko‘nglimni ranjityapti, chunki klub – dunyodagi eng muhim klublardan biri va hali ham qalbimda yashaydi. Kelajak uchun asos yaratish maqsadida bilimli va aqlli odamlarning maslahatlariga amal qilish kerak. "Manchester Yunayted"ning ko‘p yillar oldingi holatini qayta tiklash lozim. Nikki Batt, Gari Nevill, Roy Kin, Bekhem – ular ulkan o‘yinchilar bo‘lishdi, ammo ularda yoshlar ham bor edi.
Hozirgi kunda "Manchester Yunayted"da struktura yo‘q. Umid qilamanki, kelajakda bu o‘zgaradi, chunki klubning a’lo darajadagi potentsiali bor. Bu so‘nggi yuz yil ichidagi eng muhim klublardan biri.
– Siz MYu natijalarini kuzatyapsizmi? Ular qanchalik yomon o‘ynayotgani sizga og‘ir tushyaptimi?
– Albatta, men u erda ko‘p yillar o‘ynadim, Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldim, Oltin to‘pni qo‘lga kiritdim, 12-13-14 titulni qo‘lga kiritdim. Takrorlayman: "Manchester Yunayted" hali ham qalbimda. Men bu klubni yaxshi ko‘raman. Ammo rostgo‘y bo‘lish kerak: ular noto‘g‘ri yo‘lda. O‘zgarishlar kerak. Va menimcha, bu nafaqat murabbiy va o‘yinchilar haqida – dedi "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Pirs Morganga bergan intervyusida.



Fikrlar