Ronaldu "Manchester Yunayted" uchun katta yo‘qotish

  • 3 avgust, 2022, 12:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hujumchi Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" safini tark etish istagi haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, 37 yoshli portugaliyalikning ketishi mankunianliklarni qiyin holatda qoldiradi.

Tecno

“Albatta, Ronaldu “Manchester Yunayted”da qoladi! U ketsa, klubni og‘ir ahvolda qoldiradi. Bu — katta muammo! Ronaldu Manchesterni tark etsa, klub transfer bozorida 20 ta gol ura oladigan hujumchini qaerdan topadi? Agar ular Krishtianuni sotishsa, kimni xarid qilishadi? "Manchester Yunayted" Ronalduni tarkibda saqlab qola olmasa, 20 ta goldan quruq qoladi”, — deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi “The Sub” nashri.

O‘tgan mavsum Ronaldu “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalari doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!