Ronaldu jahon rekordlariga yanada yaqinlashdi

  • 12 oktabr, 2019, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Lyuksemburgga (3:0) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Shu tariqa 34 yoshli futbolchi o‘zining terma jamoa safidagi gollari sonini 94 taga etkazib oldi. Bu boradagi jahon rekordi esa eronlik Ali Daiga tegishli. U terma jamoasi safida 109 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Bundan tashqari Ronaldu kecha o‘zining terma jamoa libosidagi 161-uchrashuvini o‘tkazdi. U bu borada ham rekordchiga aylanishi mumkin. Buning uchun yana 24 ta bahsda qatnashishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!