Ronaldu: "Hech qachon terma jamoaga qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni to‘xtatmayman!"

  • 20 iyun, 2023, 21:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi o‘yinlari haqidagi savolga javob berdi. Yulduzli futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmaganini aytdi.

Tecno

Federatsiya prezidenti va murabbiy hali ham meni foydali bo‘lishimga ishonar ekan, terma jamoada qolaman. Hech qachon terma jamoaga qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni to‘xtatmayman, chunki bu mening orzuim bo‘lgan. Terma jamoada o‘ynash - kareraning cho‘qqisi. Men o‘ynashda davom etib, oilam, do‘stlarim va barcha portugaliyaliklarni xursand qilishni xohlayman.

Jamoaga bundan ham ko‘proq narsani bera olamanmi? Shubhasiz, men shuning uchun bu erdaman. O‘ylaymanki, men hali ham yaxshi ishlayapman – gollar urmoqdaman va yaxshi o‘ynayapman. Motivatsiyam bor ekan, terma jamoadagi borligim hammaga yoqsa, etakchiligim hammaga yoqsa, men hech qachon terma jamoadan voz kechmayman. Umid qilamanki, bu yo‘l hali tugamaydi”, — dedi Ronaldu jurnalistlarga.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!