
Kassano nega Ronalduni emas Messini tanladi?
Italiyalik mashhur futbolchi Antonio Kassano “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqosladi.
“Ronaldu mutlaq chempion ekanini inkor etmayman, ammo u hech qachon Messi darajasiga chiqolmagan. Leoda tug‘ma iste’dod bor. Shuning uchun ham men doimo uni tanlayman. Krishtianu esa o‘zini o‘zi yaratdi”, - deydi Kassano.
35 yoshli Ronaldu 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. 32 yoshli Messida esa “Oltin to‘p”lar soni 6 ta.
Fikrlar