Ronaldu hech kim tanimaydigan to‘purarga tenglashib oldi
2026 yilgi jahon chempionatining Evropa qit’asi uchun tashkil qilingan saralash turnirida Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida yana bir necha rekord o‘rnatdi.
40 yoshli hujumchi Vengriya terma jamoasi darvozasiga penaltidan to‘p kiritib, portguliyaliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Ronaldu xalqaro miqyosda kiritgan to‘plari sonini 141 taga va umumiy gollarini esa, 943 taga etkazdi. Har ikki ko‘rsatkich yangi rekord sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari,Vengriya darvozasiga kiritilgan to‘p Krishtianu Ronaldu uchun jahon chempionatlari saralash turnirlari tarixidagi 39-gol bo‘ldi. Besh karra “Oltin to‘p” sohibi bu ko‘rsatkich orqali nomi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan Gvetamala terma jamoasi sobiq to‘purari Karlos Ruis bilan tenglashib oldi.
Agar Ronaldu keyingi uchrashuvlarda ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilsa, bu borada yaqqol rekordchiga aylanadi.
Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini 2023 yilda 18 yoshida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida boshlagan. Birinchi golini 2004 yilgi Evropa chempionatida bo‘lajak chempion Gretsiya darvozasiga kiritgan.



Fikrlar