Ronaldu gol urolmagan uchrashuvdan keyin o‘tkir fikr bildirdi

  • 4 mart, 2023, 09:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida qiziq holat kuzatildi. Chempionlik uchun kurashayotgan “An-Nasr” liga autsayedri “Al-Batin” bilan bahsda 90 daqiqa hisobda ortda bordi.

Tecno

Hakam tomonidan to‘xtalishlar vaqtini qoplash uchun qo‘shib berilgan daqiqalarda poytaxtliklar ketma-ket uchta to‘p kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yubordi – 3:1.

Krishtianu Ronaldu bu gal maydonni golsiz tark etdi. Jaloliddin Masharipov boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushdi va ikkinchi bo‘lim boshlarida zaxiraga olindi.

Uchrashuvdan keyin Ronaldu kambekka munosabat bildirdi.

- Har doim oxirigacha ishoning! Qani, olg‘a!, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!