
Ronaldu Evropaga qaytmaydi
"Al-Nassr" bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronaldu o‘zining taqdimot marosimida bir qator mavzular xususida fikr bildirdi.
Jumladan, portugal endi Evropaga qaytmasligini aytdi:
"Evropada mening ishim yakuniga etgan. Men hamma narsani yutdim. Endi Evropaga qaytmayman"
Uning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi.
Avvalroq, "Nyukasl" Evropa chempionlar ligasiga chiqsa, Ronaldu "qarg‘alar" safiga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayotgandi.
Fikrlar