
Ronaldu: "Endi farzandlarim meni ko‘proq hurmat qilishadi"
Millatlar Ligasi finalidan so‘ng, Krishtianu Ronaldu farzandlarining u bilan qanday hazillashishlari haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etib (2:2, penaltilar bo‘yicha 5:3) musobaqa g‘olibiga aylandi.
"Azob-uqubatlar, ko‘z yoshlar... Bu juda o‘ziga xos holat. Mamlakatimiz, stadionda yig‘ilgan portugaliyaliklar va bizga muxlislik qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun bu g‘alaba alohida ahamiyatga ega.
Farzandlarim ispan, va ular har doim uyda meni ermak qilishadi, meni jahlimni chiqarish uchun "Ispaniya" deb kuylashadi. Endi esa, otalari Ispaniyani mag‘lub etganini ko‘rib, ular endi meni ko‘proq hurmat qilishadi. Shu sababli bu voqea menga alohida quvonch bag‘ishladi va men chin dildan baxtiyorman", — deb kulib gapirdi Ronaldu.
Fikrlar