
Ronaldu "Empoli"ga qarshi o‘ynamaydi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Empoli"ga qarshi kechadigan Italiya A Seriyasining 29-turida Krishtianu Ronaldu xizmatidan foydalanmaydi.
Allegri Ronalduni o‘yin qaydnomasiga kiritmadi. Yaqinda portugaliyalik hujumchi Serbiyaga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgandi.
Mazkur uchrashuvda Ronaldudan tashqari, Xedira, Duglas Kosta, Kuadrado ham ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar