Ronaldu darvozaga zarba berish bo‘yicha Xolandni ortda qoldirdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLda eng ko‘p darvozaga zarba yo‘llagan futbolchi deb topildi.
37 yoshli portugaliyalik futbolchi Premer ligada 6 ta o‘yinda harakat qilib, atigi bir bahsda asosiy tarkibda marta maydonga tushgan va shu kungacha birorta ham gol ura olmadi. Biroq urinishlar ko‘p bo‘ldi: hujumchi 90 daqiqa ichida o‘rtacha hisobda deyarli olti marta darvoza tomon zarba yo‘llagan - chempionatdagi eng ko‘p. Ikkinchi o‘rinda Rodrigo bo‘lib, u bir o‘yinda 4,8 marta zarba bergan holda ikkinchi o‘rinda (to‘rtta gol urgan). Musobaqa to‘purarii Erling Xoland bor-yo‘g‘i 4,2 ta zarba yo‘llagan, biroq norvegiyalik forvard hisobida 11 ta gol bor.
Krishtianu Ronaldu Evropa Ligasidagi joriy mavsumdagi yagona golini “Sherif”ga qarshi o‘yinda penaltidan kiritdi.



Fikrlar