Ronaldu Chexiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi

  • 25 sentabr, 2022, 13:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasining 5-turi doirasidagi Chexiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

“Ajoyib o‘yin, muhim g‘alabasi! Biz maqsadimiz tomon harakat qilishda davom etamiz! Portugaliyalik muxlislarga ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytmoqchiman”, — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Portugaliya terma jamoasi 5 turdan keyin 10 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Chexiya terma jamoasi (4) oxirgi o‘rinni band etgan. Portugaliya keyingi turda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!