Ronaldu boshqa o‘ynamasin!

  • 26 aprel, 2021, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” muxlislari jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu ko‘rsatayotgan o‘yindan norozi bo‘lmoqda.

Tecno

A Seriyaning 33-turida turinliklar safar uchrashuvida “Fiorentina” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, qimmatli ikki ochkoni yo‘qotdi. 36 yoshli portugaliyalik hujumchi qulay imkoniyatdan foydalana olmagani “Yuventus” tarafdorlarining g‘azabiga sabab bo‘ldi. Ular murabbiylar shtabidan  uchta uchrashuvdan beri gol ura olmayotgan Krishtianuni zaxiraga o‘tqazib qo‘yishni talab qilmoqda.

Biroq, bosh murabbiy Andrea Pirlo Ronalduga ishonch bildiryapti.

- Ronaldu yomon o‘ynamadi. U bir necha yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biz hujumkorlikni yanada oshirishimiz kerak, - dedi Pirlo.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 32 ta gol va to‘qqizta golli pas yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!