Ronaldu boshqa bosh murabbiyni kutyapti

  • 16 noyabr, 2021, 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Manchester Evening News nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati tez orada bosh  murabbiy Ule-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarishi kutilmoqda.

Norvegiyalik mutaxassis o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Zinedin Zidan ham bor. Frantsiyalik mutaxassis “Real”ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.

“Manchester Yunayted” etakchisi Krishtianu Ronaldu ham Zidanning kelishini istayapti. Portugaliyalik hujumchi “Real”da o‘ynagan davrida frantsiyalik murabbiy qo‘l ostida muvaffaqiyatli to‘p surgan. Ular birgalikda ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida zafar quchgan.

Ronaldu joriy mavsumda Angliya premer-ligasida sakkizta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!