
Ronaldu bosh murabbiy bilan til biriktirdi. U abadiy rekord o‘rnatmoqchi
Portugaliya terma jamoasi safida oltinchi marotaba Evropa chempionatida ishtirok etib, rekord o‘rnatgan Krishtianu Ronaldu hali to‘xtamoqchi emas.
39 yoshli futbolchi 2026 yili Amerika qit’asida bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashib, nomini futbol tarixiga muhrlashga qaror qildi.
Relevo nashrining yozishicha, Ronaldu shu tariqa oltita jahon chempionatida ishtirok etgan futbol olamidagi yagona o‘yinchiga aylanishni maqsad qilgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, mashhur yulduz xalqaro faoliyatini bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bilan kelishib olgan. Unga ko‘ra, Ronaldu terma jamoada o‘ynashni qachon rad qilishini faqat uning o‘zi belgilaydi.
Fikrlar