
Ronaldu bitta o‘yinda bir nechta rekordlarni urib tashladi
Portugaliya terma jamoasi Evropa chempionati oldidan Irlandiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
O‘yinda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, terma jamoasining 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.
Bu bahsda 39 yoshli forvard o‘zining bir necha rekordlarni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Rekordlar bilan tanishing:
Ronaldu umumiy hisobda eng ko‘p gol urgan futbolchi – 895 ta gol.
Ronaldu terma jamoa uchun eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi – 130 ta gol.
Ronaldu klublar miqyosida eng ko‘p gol urgan futbolchi – 765 ta gol.
Ronaldu xalqaro miqyosda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi – 207 ta.
Germaniya mezbonlik qiladigan Evropa chempionatida Krishtianu Ronaldu terma jamoasining asosiy qahramonlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Demak, bu rekordlar tez orada yana yangilanadi.
Fikrlar