Ronaldu: Aytganim bo‘lmasa, ketvoraman!

  • 29 iyun, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Aniqrog‘i, u klub rahbariyati oldiga bir talab qo‘ymoqda.

Tecno

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduzning jamoada qolishi klub rahbariyatning transfer bozoridagi harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar klub o‘zi ko‘zlagan yulduzlarni qo‘lga kirita olmasa, Ronaldu klubni tark etadi.

Krishtianu uchun yozda tarkibning kuchaytirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ronaldu shunday bo‘lgan taqdirda, Evropa ligasida ham o‘ynashga tayyor.

Yaqinda Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Chelsi”ning yangi xo‘jayinlari bilan uchrashib, hujumchining transferini muhokama qilgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!