Ronaldu avgust oyining eng yaxshisi deb topildi
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.
Dastlabki, ikki turdagi ikki mag‘lubiyatga qaramay, keyingi ikki bahsda riyodliklar yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Portugal mazkur bellashuvlarning 3 tasida maydonga tushib, jami 5 ta gol hamda 2 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Uning jamoasi ayni paytda 6 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionatida 6-o‘rinni band etib turibdi.



Fikrlar