
Ronaldu asli “Arsenal”da o‘ynashi kerak edi
O‘z vaqtida “Arsenal”ni grand klublar qatoriga qo‘shib, ajoyib natijalarni qayd etgan Arsen Venger o‘zi istab, qo‘lga kirita olmagan futbolchilar haqidagi savolga javob berdi.
- Men uchun armonga aylangan futbolchilar kamida 50 nafar! Agar bittasini aytish kerak bo‘lsa, Krishtianu Ronalduni “Manchester Yunayted”ga o‘tgan paytda qo‘ldan chiqarganmiz. “Arsenal”ning “Sporting” bilan kelishuvi bor edi. Lekin “Manchester Yunayted” Karlos Keyrushni yordamchi murabbiy qilib ishga oldi. Uning yordamida ular bizni taklifimizni yo‘qqa chiqarib, Ronalduga ega chiqdi.
Biz hatto Ronalduga o‘z futbolkamizni ham bergandik. Kelishuvimiz kuchda edi. Men Krishtianu va onasi bilan klub bazasida ovqatlangan edim. “Arsenal” Ronaldu kabi ko‘plab zo‘r o‘yinchilarni qo‘ldan boy bergan, - dedi Arsen Venger.
Fikrlar