Ronaldu “An-Nasr”ni jumbushga keltirdi, yangi shartnoma muzokarasi to‘xtatildi

  • 11 may, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” klubi jamoaning eng mashhur yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik shartnomasi yangilash borasida muzokara olib borayotgan edi.

Tecno

Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Ittihod”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin yuz bergan voqea “An-Nasr” xo‘jayinlarini jumbushga keltirdi. Bellashuv 2:3 hisobida boy berilganidan keyin Ronaldu maydondan chiqib ketishda turli imo-ishoralar bilan natijadan norozi ekanini ko‘rsata boshladi.

Bu holat “An-Nasr” rahbariyatiga yoqmadi va buning oqibatida muzokaralar to‘xtatildi.

Sodir bo‘lgan vaziyatgacha, tomonlar hamkorlikni yana ikki yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilayotgan edi.

Ronalduning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Ayrim nufuzli manbalar 40 yoshli hujumchi yana Evropaga qaytmoqchi ekani va unga qadrdon jamoasi “Sporting” ish berishga tayyorligini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!