Ronaldu “An-Nasr”ga zo‘r futbolchi tanlab berdi

  • 18 iyul, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” sovrinlarni qo‘lga kiritishi uchun tarkibini yorqin yulduzlar bilan kuchaytirishini talab qilyapti.

Tecno

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, portugaliyalik to‘purar klub rahbariyatidan “Liverpul”ning hujumkor futbolchisi Luis Diasni olib kelishni so‘ragan.

Ronaldu kolumbiyalik futbolchi qanotlardan hujum uyushtirib, o‘zi uchun qulay vaziyatlar yaratib berishini va golli paslar uzatishini xohlayapti.

“An-Nasr” jamoa sardori talabini bajarish uchun 100 million evro miqdorida badal puli to‘lashga tayyor. Ekspertlar bu summa “Liverpul”ni to‘liq qondirishini ta’kidlamoqda.

Avvalroq, Angliya chempionlari Luis Dias transferi uchun “Bavariya” taklif qilgan 67,4 million evroni qabul qilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!