Ronaldu "An-Nasr"da qolish qarorini izohladi

  • 29 iyun, 17:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

40 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi. Afsonaviy hujumchi bu qarorining sabablarini tushuntirdi:

Tecno

"Men Saudiyaning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘ynab, g‘alaba qozonishni istayman. Kim kuchliroq ekanini oxirida ko‘ramiz.

Muxlislar bilan ajoyib munosabatlarimiz bor. Ular meni sevishadi — men ham ularni. Shuning uchun ham ikki yilga qolishni xohladim. Bu faqat futbol emas, hayot haqida ham. Men mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishni xohlayman.

Albatta, muxlislarning roli juda muhim. Ular menga doim yordam berishgan, men esa ularga xursandchilik ulashmoqchiman.

Men bu jamoa bilan katta sovrinlar yutmoqchiman. Faqat Arab chempionlari Kubogi emas, undan ham mo‘’tabarroq kuboklar. Bunga qodirmiz" — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!