Ronaldu "Al-Nassr" libosida qachon birinchi o‘yinini o‘tkazadi?

  • 31 dekabr, 2022, 17:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

Ayni paytda Saudiya Arabistoni chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Ligada 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Portugaliyalik hujumchi katta ehtimol bilan debyut o‘yinini 5 yanvar kuni "Al-Tai" klubiga qarshi o‘tkazadi. Riyodliklarning bugungi, "Al-Halij"ga qarshi bahsini Ronaldu stadiondan kuzatishi mumkin.

"Al-Shabab" 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi pog‘onadagi "Al-Nassr" 23 ochko jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!