
Ronaldu 42 yoshigacha o‘ynaydi
Engil atletika bo‘yicha sakkiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytgani haqida gapirdi.
"Uning qaytgani juda yaxshi. Krishtianu jamoadoshlaridan ko‘p narsani talab qiladi, lekin bu ularni yanada kuchaytiradi. U boshqa darajadagi futbolchi, u shunchaki mashina.
Menimcha, u 42 yoshigacha o‘ynaydi. U har doim yaxshi formada va fidoyiligi tufayli ko‘plab yosh futbolchilarga qaraganda yuqoriroq darajada bo‘ladi", - dedi Bolt.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Ronaldu yaqinda yana “Manchester Yunayted”ga qaytdi va klub bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Fikrlar