Ronaldu: "1000-gol haqidagi savol filmga o‘xshaydi"

  • 13 noyabr, 14:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu jurnalistning hazilomuz savoliga kulib javob berdi. Suhbat davomida undan 1000-golni Jahon chempionati finalida urib, chempion bo‘lish haqida tasavvur qilish so‘raldi.

Tecno

"Siz, shunday qilib, juda ko‘p film ko‘rgandeksiz (kuladi). Bu juda ham ideal bo‘lardi. Ammo real hayotga qaytsak, aytgan so‘zlaringiz meni, albatta, xursand qiladi. Terma jamoa faqat bitta o‘yinchiga bog‘liq emas, lekin bu gaplar qiziq va yaxshi ko‘rsatkichlar haqida.

Jahon chempionati bo‘yicha ma’lumotlarga kelsak — men bu haqda avval ham aytganman va o‘zim takrorlashni xohlamayman. Gol urish har doim qiyin.

Keyingi chempionatda o‘ynashni xohlayman, aks holda bu erda bo‘lmasdim. Agar bu raqamlar va "film" haqiqatga aylansa, men faoliyatimni yuqori nuqtada yakunlardim, agar shunday zarurat bo‘lsa", — dedi "An-Nasr" hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ronalduning faoliyatidagi gollar soni 953 tani tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!