
Ronaldu – “o‘lik”!
“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Meyson Grinvud o‘zi bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
The Athletic nashrining yozishicha, yosh futbolchi jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan portugaliyalik yulduzni “u o‘lik”, degan. Bu bilan Grinvud Krishtianu Ronaldu avvalgidek yuqori darajada futbol o‘ynay olmasligini izohlamoqchi bo‘lgan.
Aslida keyingi paytda Meyson Grinvud o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatmoqda. U zo‘ravonlikda ayblanganidan keyin sud uni oqlagan bo‘lsa-da, klub rahbariyati futbolchini tarkibga yaqinlashtirmayapti.
Ronaldu esa Manchesterdan ketganidan keyin “An-Nasr”dan ish topdi. Shuningdek, 2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turnirida ikkita uchrashuvda to‘rtta gol urib, o‘z terma jamoasi uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida jahon rekordini yangiladi.
Fikrlar