
Ronaldino VAR haqida: Bu fikr menga hech qachon yoqmagan. Men boshqacha futbol o‘ynardim
"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino video orqali ko‘rilayotgan takroriy lavhalar borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Men boshqacha futbol o‘ynardim, endi u juda ham o‘zgarib ketdi.
Bu fikr menga hech qachon yoqmagan. Hozircha bu tizim ishida menga hech narsa yoqmaydi," - dedi Ronaldino.
Braziliyalik "Santa Fe" va "Deportivo Kali" jamoalari o‘rtasidagi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Kolumbiyaga kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Ronaldino o‘tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunladi. Uning so‘nggi klubi "Fluminense" bo‘ldi.
Fikrlar