
Ronald Kuman "Barselona"ni boshqarishga tayyor!
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman ish joyini tashlab, “Barselona”ga yo‘l olishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 57 yoshli gollandiyalik mutaxassisga “ko‘k-anor ranglilar” tomonidan joriy yilning yanvar oyida ham takliflar bo‘lgan, ammo u o‘shanda buni rad etgan edi. Biroq, hozir Kumanning fikri o‘zgargan va u “Barsa”ni boshqarishga tayyor.
Kataloniyaliklar rahbariyatiga ham aynan Ronaldning nomzodi ma’qul tushmoqda va aksariyat mutaxassislar ham Kuman “Barselona”ga mos tushishini aytishmoqda.
“Barselona” tez orada amaldagi bosh murabbiy Kike Setenning iste’fosini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Fikrlar