Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasiga bosh murabbiy tanlab berdi

  • 2 yanvar, 2023, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan, ayni paytda "Inter" safida harakat qilayotgan Romelu Lukaku mamlakati Belgiyaga kim bosh murabbiy bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Anri keyingi bosh murabbiy bo‘lishi kerak. Bunga shubha yo‘q. Men aniq aytaman, u shu lavozimga tayinlanadi. 

Anrini barcha birdek hurmat qiladi. U tajriba to‘pladi va bizga nima kerak ekanini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladi. Terrining jamoaga kelishi katta tavakkal bo‘lmaydi, menimcha.

O‘ylashimcha, aynan Anri biz uchun mukammal tanlov. Ammo Belgiya hammasini yana boshidan boshlamaydi. Bu mening shaxsiy fikrim", - dedi Lukaku.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!