Romano: "Roma" futbolchisi Saudiya klubiga o‘tadi

  • 1 sentabr, 2024, 13:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kris Smolling o‘z faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Fayxa" klubida davom ettiradi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Tecno

Angliyalik himoyachi dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi. Smolling “Roma” safida 155 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qilgan.

"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Krisning hozirgi transfer qiymati 2,5 million evroni tashkil etadi. "Roma" navbatdagi o‘yinini bugun o‘tkazadi. Daniele de Rossi shogirdlari safarda “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.

A Seriya. "Roma"ning "Yuventus"ga qarshi qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!