
Romano: "Milan" tez orada Yovich bilan shartnoma imzolaydi
"Fiorentina" hujumchisi Luka Yovich tez orada "Milan" safiga qo‘shiladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi Milan klubi safiga ijara asosida qo‘shiladi. Serbiyalikning "binafsharanglilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. Joriy mavsumda Yovich jamoada bir daqiqa ham maydonga tushmadi.
U avvalroq Lissabonning "Benfika", Frankfurtning "Ayntraxt" va "Real" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar